Kontent qismiga oʻtish

Yulduzli tunlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yulduzli Tunlar
Muallif(lar) Pirimqul Qodirov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1978

Yulduzli Tunlar“ – oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman. Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida soʻz yuritiladi. Qodirov mazkur roman ustida oʻn yil (19691978) davomida ish olib borgan[1]. „Yulduzli tunlar“ga „Boburnoma“ hamda „Humoyunnoma“ asarlari asosiy manba boʻlib xizmat qilgan.

„Yulduzli tunlar“ zamonaviy oʻzbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblanadi[2]. Qodirov 80-yillarda „Yulduzli tunlar“ romanining mantiqiy davomi sanalmish Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida hikoya qiluvchi „Avlodlar dovoni“ romanini yozgan. 1982-yil muallif roman uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan[3].

„Yulduzli tunlar“ dunyoning bir necha tillariga, jumladan, rus[4][5], qoraqalpoq[6], qirgʻiz[7], qozoq[8], urdu[9], turkman[10], hind[11], bengal[12][13], turk[14] tillariga tarjima qilingan. 2022-yil esa yapon tiliga ham tarjima qilingan[15]. Asar ikki marta ingliz tiliga oʻgirilgan. Ilk bor 2019-yil Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlari Ilhomjon Toʻxtasinov, U. Yoʻldoshev va A. Hamidovlar qilgan tarjima „Starry Nights: Babur“ nomi bilan bosilib chiqqan[16]. 2023-yil esa Carol Yermakova Islom Karimov nomidagi fond qoʻllovi bilan qilgan tarjima „Babur: Starry Nights“ nomi bilan chop etilgan[3]. Yermakova tarjimasi Julie Weekenden tahriri ostida „Nouveau Monde Editions“ fransuz nashriyotida bosilib chiqqan.

  1. „Pirimqul Qodirov (1928): „Yulduzli tunlar“ romani haqida“. Ziyouz. Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.
  2. „Bi-Bi-Sining „Radiokitob“ida „Yulduzli tunlar“ni tinglang!“. BBC oʻzbek xizmati (2009-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.
  3. 3,0 3,1 „“Yulduzli tunlar” romani ingliz tilida chop etildi“. Surxon tongi (3-fevral 2023-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2023-yil.
  4. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  5. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  6. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  7. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  8. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  9. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  10. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  11. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  12. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  13. „Yulduzli tunlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  14. Son Timurlu (Pirim Kadirov) (turkcha) İLERİ YAYINLARI nashriyoti. Qaraldi. 15-iyul 2023-yil
  15. „Роман Пиримкула Кадырова «Звездные ночи» переведен и опубликован на японском языке“. 2023-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
  16. „“Yulduzli tunlar” ingliz tilida chop etildi“. Zarnews (19-fevral 2019-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2023-yil.